Gaz mojarosi: Ukraina “Gazprom”dan 3 mlrd dollar undirishga yaqinlashdi

Olam

image

Rossiyaning “Gazprom” energetika kompaniyasi Stokgolm arbitrajining qaroriga bo‘ysunib Ukrainaning “Naftogaz” davlat kompaniyasiga taxminan 3 mlrd dollar to‘lashga yaqin. “RIA Novosti” tomonlar o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar bilan tanish manbaga asosan shunday ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bu Ukraina bilan tuziladigan kelishuvlarning bir qismi bo‘lishi mumkin. Muzokaralar to‘liq tartibda Minskda davom ettiriladi.

“Gazprom” muzokaralar texnik shaklda emas, yuqori darajada o‘tayotganini ma’lum qildi. Uchrashuvda Rossiya tomonidan shaxsan kompaniya rahbari Aleksey Miller ishtirok etyapti.

Yevropa komissiyasi (YeK) vitse-prezidenti Marosh Shefshovich Ukraina, Rossiya va YeK gaz bo‘yicha muhim kelishuvga erishilganini ma’lum qilgandi. Biroq kelishuv Moskva va Kiyevda tasdiqlanishi kerakligi uchun uning tafsilotlari ochiqlanmadi.

Gaz mojarosi

Rossiya gazini Ukraina orqali tranzit qilib yevropaga yetkazib berish bo‘yicha amaldagi kelishuv joriy yilning oxirida yakuniga yetadi. “Gazprom” Yevropa qonunlari talabidan kelib chiqib, yangi shartnomani Urainaning gaz yangi mustaqil operator bilan tuzishi kerak.

2017 yilning dekabri va 2018 yilning fevralida Stokgolm arbitraji “Gazprom” va “Naftogaz” bahsi bo‘yicha ukrain kompaniyasi foydasiga qaror chiqargandi. Arbitraj “Gazprom”ga Ukraina tomoniga 2,56 mlrd dollar to‘lab berish majburiyatini yuklagan.

Rossiya energetika kompaniyasi bu qaror bo‘yicha shikoyat qilishga uringanda Svea (Shvetsiya) okrug sudi apellyatsiyani qat’iy rad qildi.

Joriy yil dekabr oyi boshida “Naftogaz”ning ijrochi direktori Yuriy Vitrenko rasmiy Kiyev shu qarzdorlikning to‘lanishi evaziga rossiya gazini tranzit qilishga tayyorligini bildirdi.

Bu muammoga Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Parijda "Normand to‘rtligi" sammiti doirasidagi ikki tomonlama uchrashuvi vaqtida ham to‘xtalib o‘tildi. Biroq aniq yechimga kelinmadi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Evropa Rossiya-Ukraina

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing