Yevropadan To‘qayev oilasining maxfiy boyliklari topildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Shveysariyaning eng yirik Credit Suisse bankining mijozi bo‘lgan o‘nlab tadbirkorlar va amaldorlarning ma’lumotlari oshkor qilingani haqida xabar bergan edik. Ular orasida amaldagi Prezident Qosim-Jomart To‘qayevning sobiq rafiqasi Nadejda To‘qayeva hamda uning Jenevadagi elita maktab-internatda tahsil olgan o‘g‘li Timur To‘qayev ham bor. Bu Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikni o‘rganish markazi (OCCRP) tomonidan taqdim etilgan Credit Suisse tadqiqoti ma’lumotlarida ko‘rsatib o‘tilgan.

Ma’lumotlarda aytilishicha, 1998 yilda Credit Suisse To‘qayevning o‘sha paytdagi rafiqasi Nadejda va ularning Jenevadagi maktab-internatda o‘qigan 14 yoshli o‘g‘li Timur uchun hisob ochgan. 2005 yilda hisobda bir million dollarga yaqin pul qayd etilgan. Hisobni yopgach, To‘qayevlar 2012 yilda Shveysariyada o‘z hisob raqamlariga ega Britaniya Virjiniya orollarida ofshor kompaniyalar ochgan. Bu firmalar Britaniyada 2014 yilda aktivlari besh million dollarni tashkil etgan kompaniyalarni nazorat qilgan. Shuningdek, Moskva va Jenevada kamida 7,7 million dollarlik mulk sotib olingan.
 
Bugun, 21 fevral kuni Qozog‘iston Prezidentining Matbuot kotibi Berik Uali o‘zining Facebook’dagi sahifasida Qosim-Jomart To‘qayevning Shveysariya bankidagi oilaviy hisoblari va xorijiy ko‘chmas mulklari haqidagi xabarlarni soxta va davlat rahbariga hujum deb atadi.

“Qosim-Jomart Kemelevichning sobiq rafiqasi hech qachon nashrda ko‘rsatilgan hisob raqamlariga egalik qilmagan. Timur To‘qayevga kelsak, u 38 yoshda, tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi, hech qachon davlat xizmatida ishlamagan”, dedi Matbuot kotibi. 

Ualining so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbariga qilingan bu soxta axborot hujumi orqali uni obro‘sizlantirish maqsad qilingan. 

“Davlat rahbariga qilingan bu soxta axborot xuruji orqali uni obro‘sizlantirish maqsad qilingan, chunki Prezident iqtisodiyot va siyosatdagi monopoliyani cheklash, kimgadir yoqmasligi mumkin bo‘lgan islohotlarni amalga oshirish yo‘lida shijoat bilan ishlamoqda”, deya xulosa qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, “Credit Suisse sirlari” – dunyodagi eng yirik va eng boy banklardan biri haqida xalqaro tekshiruv.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 39 mamlakatdagi 48 nashrning 163 nafar jurnalisti bir necha oy davomida Shveysariyaning kreditlar bo‘yicha ikkinchi yirik banki Credit Suisse’dan hisob ma’lumotlari sizib chiqishini o‘rganishgan.

Sizdirilgan ma’lumotlarda 18 mingdan ortiq hisob qaydnomalari mavjud bo‘lib, ularning umumiy miqdori 100 milliard dollardan oshgan. Bu yirik Shveysariya bankidan mijozlar ma’lumotlarining sizishi bilan bog‘liq yagona holat.


Maqola muallifi

Teglar

Shveytsariya To'qaev Credit Suisse

Baholaganlar

643

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made