Yevropadagi eng yirik yadroviy reaktor ishga tushirildi

Olam

image

Finlyandiyada 1600 megavatt quvvatga ega Yevropaning eng yirik yadroviy reaktori ishga tushirildi. Mazkur reaktor Olkiluoto orolidagi atom elektr stansiyasining uchinchi energiya blokiga aylanadi

Yadro reaktori o‘tgan yilning dekabr oyida muntazam ravishda elektr energiyasi ishlab chiqarishni boshlashi kerak edi, biroq texnik nosozliklar tufayli kechikishlar kuzatildi.

Uning ishga tushirilishi bilan Olkiluoto AES Finlyandiya elektr energiyasining 30 foizini ishlab chiqaradi. Olkiluoto-3 kamida 60 yil ishlashi kutilmoqda.

AESdagi bunday ishlab chiqarish mamlakat elektr energiyasi narxini barqarorlashtiradi va Finlyandiyaning yashil energiyaga o‘tishida muhim rol o‘ynaydi.

Shuningdek, reaktorning ishga tushirilishi Finlyandiyaga Rossiyadan elektr energiyasi importining to‘xtatilishi natijasida yuzaga kelgan kamomadni ham to‘liq qoplaydi.

Reaktor qurilishi 2005 yilda boshlangan. Dastlab uni ishga tushirish 2009 yilga mo‘ljallangan edi, biroq texnik qiyinchiliklar tufayli qurilish juda ko‘p marta qoldirilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 15 aprel kuni Germaniyada uchta atom elektr stansiyasi faoliyati tugatildi. Mamlakatdagi mazkur oxirgi stansiyalar yopilishi bilan 60 yildan ortiq davom etgan atom energetikasi erasi yakunlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AES Finlyandiya Olkiluoto-3 yadroviy reaktor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing