Yevropada koronavirusning yangi turi aniqlandi

Olam

image

Olimlar koronavirusning yangi turini aniqlashdi va uni 20A.EU1 deb atashdi. Hozir virusning bu turi Yevropa bo‘ylab tezlik bilan tarqalmoqda. Bu haqda Shveysariya va Ispaniya olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga asoslanib, FT xabar berdi.

Olimlarning aniqlashicha, Yevropadagi pandemiyaning ikkinchi to‘lqini koronavirusning Ispaniya qishloq xo‘jaligi xodimlarida mutatsiyaga uchragani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 2020 yilning yozidan beri virusning yangi turi G‘arbiy Yevropaning katta qismiga tarqalgan va hozirgi kunda COVID-19 bilan kasallanish holatlarining aksari aynan shu virusning hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Koronavirusning mutatsiyasi 20A.EU1 nomini olgan, uning tarqalishidagi asosiy rolni esa Ispaniyada ta’til o‘tkazib qaytgan odamlar o‘ynagan. Bazel universiteti genetigi va tadqiqot haqidagi maqola muallifi Emma Xodkroftning fikricha, 20A.EU1’ning tez tarqalishi karantin cheklovlari pandemiyani to‘xtatish uchun yetarli bo‘lmaganini ko‘rsatmoqda.

Olimning qayd etishicha, 20A.EU1 mutatsiyasi SARS- Cov-2 virusning shu paytgacha ma’lum bo‘lgan hech bir turiga o‘xshamaydi. Bundan tashqari, maqolada aytilishicha, bunga qadar koronavirusning D614G shtammi paydo bo‘lishiga olib kelgan mutatsiya aniqlangandi. Olimlarning bu shtamm virusni yanada zararli qilganiga ishonmoqda.

Syurix oliy texnik maktabining olimi Tanya Stadlerning ta’kidlashicha, yaqinda butun Yevropadan olingan virus namunalari koronavirusning ushbu variantiga asoslangan. Tadqiqotnig boshqa bilan hammuallifi Inyaki Komas yangi shtamm epidemiya tufayli tez tarqalib ketgan bo'lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

409

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing