Yevropada Isroil askarlari ilk bor hibsga olindi

Olam

image

Belgiyaning Antverpen shahri yaqinidagi Bom hududida bo‘lib o‘tgan Tomorrowland musiqa festivalida qatnashgan isroillik ikki askar hibsga olindi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, bu ikki harbiy festivalda o‘z bo‘linmasining bayrog‘i bilan raqsga tushgan va uni tasvirga olgan. Bu holat Hind Rajab Foundation tomonidan aniqlangan. Shundan so‘ng fond va Global Legal Action Network (GLAN) tomonidan prokurorlarga taqdim etilgan shikoyat asosida ular Belgiya politsiyasi tomonidan qo‘lga olinib, so‘roq qilingan.

Yuqoridagi ikki tashkilot bergan shikoyatga ko‘ra, Isroil Mudofaa vazirligining ushbu askarlari G‘azo sektorida sodir etilgan og‘ir xalqaro jinoyatlar, jumladan, urush jinoyatlari va genotsid uchun javobgar. Bundan tashqari, ular majburiy ko‘chirish, Falastin infratuzilmasini qasddan yo‘q qilish va ochlikdan urush quroli sifatida foydalanishda ayblangan.

Belgiya Federal prokuraturasi Belgiya sudlari da’vo qilingan harbiy jinoyatlar bo‘yicha ekstraterritorial yurisdiksiyaga ega, degan xulosaga kelganidan keyin chora ko‘rganini aytgan.

“Tergovning hozirgi bosqichida boshqa ma’lumotlar berilmaydi”, deyiladi prokuratura bayonotida.

Askarlarning ismi oshkor qilinmagan. Bu holat Isroil askarlarining Yevropada urush jinoyatlari bo‘yicha birinchi hibsga olinishi sifatida baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanada federal politsiyasi Isroil armiyasida xizmat qilgan, Kanada fuqaroligiga ega bo‘lgan harbiylar ustidan G‘azo sektorida insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etganlik gumoni bilan jinoiy tergov ishlarini boshlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

politsiya Bel'giya Global Legal Action Network (GLAN) Isroil askarlari Tomorrowland musiqa festivali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing