Yevropada gaz inqirozi boshlanmoqda – “Bloomberg”
Olam
−
23 noyabr
827Yevropada gaz zaxiralari kamayib borayotgani, sovuq ob-havo va Rossiyadan yetkazib berishning cheklanishi sharoitida yangi energiya inqirozi yuz berishi mumkin. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Nashr yozishicha, Ukrainadagi mojaro avj olgan bir paytda gaz narxi 45 foizga oshgan. Bundan tashqari, sovuq tufayli yoqilg‘i zaxiralari tez kamayib bormoqda.
“Bizda hali ham gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolar mavjud. Agar biz haqiqatan ham Rossiya gazidan mustaqil bo‘lishni istasak, ko‘proq import quvvatiga ega bo‘lishimiz kerak”, degan Germaniyaning RWE energetika kompaniyasi Bosh direktori Markus Krebber.
Shu bilan birga, shamol elektr stansiyalari hududidagi past shamol tezligi elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun ushbu manbadan to‘liq foydalanish imkoniyatini cheklamoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqida elektr energiyasi iste’molini kamaytirish va Rossiyadan quvurlar orqali yetkazib berilayotgan gaz uchun narxlarning yuqori chegarasini joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlagandi. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqining o‘tkir energetika inqirozini yengish bo‘yicha takliflarini ta’riflar ekan, u Moskvani “energiyadan qurol sifatida foydalanishda” ayblagandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi