Yevropada faqat bitta jamoa trebl qilish imkonini saqlab turibdi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi Yevropa Chempionlar ligasining (YeCHL) 2024/2025 yilgi mavsum pley-off yarim finali doirasidagi javob o‘yinida Milanning “Inter” klubiga imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv qo‘shimcha bo‘limlardan so‘ng 4:3 hisobida yakunlandi. Shu tariqa, kataloniyaliklar mavsum yakunida trebl qilish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

Chempionlar ligasi, o‘z mamlakati kubogi va ichki chempionatda g‘alaba qozonish uchun kurashayotgan yagona jamoa bu Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubidir. Fransiya Superkubogidagi g‘alabani inobatga olsak, parijliklar mavsum yakuniga qadar to‘rtta sovrinni qo‘lga kiritishlari mumkin.

“Inter” ham trebl qilish imkoniyatini saqlab kelayotgandi, biroq Italiya kubogi yarim finalida Milan derbisida mag‘lub bo‘ldi. “Neradzurrilar” ham mavsum davomida Italiya Superkubogini qo‘lga kirita olmadilar, finalda o‘sha “Milan”ga mag‘lub bo‘ldi.

Qolaversa, Chempionlar ligasidan chiqarib yuborilganiga qaramay, “Barselona” “ichki trebl” qayd etishi mumkin. Flik shogirdlari Ispaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi, shuningdek, musobaqa yakunlanishiga to‘rt tur qolganida La Liga turnir jadvalida “Real”dan 4 ochko oldinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Inter Pari Sen-Jermen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing