Yevropada azon ovoz kuchaytirgichlar bilan aytildi

Olam

image
Uchinchi juma masjidlar bo‘sh qoldi north_east

Uchinchi juma masjidlar bo‘sh qoldi

Kecha, 3 aprel kuni Germaniya va Niderlandiyadagi 100 ga yaqin masjidda azon ovoz kuchaytirgichlar orqali yangradi. Ma’lum bo‘lishicha, bu koronavirus pandemiyasi sharoitida musulmonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun amalga oshirilgan.

Azon Yevropadagi DITIB (turk tilida: Diyanet İşleri Türk-İslam Birliği) atalmish turk-musulmon guruhi va Germaniyaning eng yirik nemis-turk uyushmalaridan biri bo‘lgan Islomiy milliy qarashga tegishli masjidlarda yangragan. DITIB'ning Essen shahridagi vakili Faxrettin Alptekin, 50 dan ortiq mahalliy masjidda azon aytilganini ma’lum qildi.

Alptekinning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyada azonni ovoz kuchaytirgichlar orqali aytish taqiqlanadi. Lekin alohida holatlar bundan mustasno. Shu bilan birga, Niderlandiyaning bir qancha shaharlarida virusga qarshi hamjihatlikni kuchaytirish maqsadida karnay orqali azon aytilgani ma’lum qilindi.

Italiya va Ispaniyadan keyin Germaniya pandemiyadan eng ko‘p aziyat chekadigan mamlakat hisoblanadi. Ushbu mamlakatda koronavirusdan halok bo‘lganlar soni 1 275 nafarga yetdi. Niderlandiyada esa ushbu ko‘rsatkich 1 487 ga teng.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar 1 100 283 nafarni tashkil qilmoqda. Ularning 58 929 nafari vafot etgan, 226 669 nafari esa sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Niderlandiya Koronavirus Masjidlar Musulmonlar Azon

Baholaganlar

368

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing