Yevropada allaqachon urush ketmoqda – Makron 

Olam

image

Hozirda Yevropada urush ketmoqda. Bu haqda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron “France 2” va TF1 telekanallariga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

“Urush Yevropa zaminida. Stratsburg va Lvov o‘rtasida 1500 km dan kamroq masofa bor. Tasavvur qila olasizmi? Bu mamlakatda urush ketmoqda”, deydi Fransiya rahbari.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, agar Rossiya urushda g‘alaba qozonsa, Yevropaga ishonch nolga tushadi. Shu bilan birga, Prezident o‘z mamlakati Rossiya bilan urush holatida emasligini, faqat Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

"Bizning yagona maqsadimiz bor: Rossiya bu urushda g‘alaba qozona olmaydi va g‘alaba qozonmasligi kerak", deb tushuntirdi Fransiya rahbari.

Rossiyadan kelayotgan “yadroviy tahdid” haqidagi savolga javob berar ekan, Makron “fransuzlarning yadro potensiali xavfsizlikni ta’minlashini” ta’kidladi.

Shu bilan birga, “Le Monde” gazetasining yozishicha, Makron Yelisey saroyidagi tadbirlardan birida “kelgusi yil harbiylarni Odessaga jo‘natishi kerakligini” aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Makron 26 fevral kuni Parijda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 20 ga yaqin G‘arb davlati vakillari Rossiya Federatsiyasi bilan mojaroda Ukrainani yanada qo‘llab-quvvatlashni muhokama qilganda, Ukrainaga G‘arb davlatlarining quruqlikdagi kuchlarini yuborish ehtimoli mavzusi ko‘tarilganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ishtirokchilar ushbu mavzu bo‘yicha konsensusga erisha olmagan, ammo kelajakda bunday ssenariyni ham istisno qilib bo‘lmaydi.

Konferensiyadan so‘ng, ishtirokchi mamlakatlarning aksariyat vakillari Ukrainaga qo‘shin yuborishni rejalashtirmaganliklarini va bundan tashqari, Rossiyaga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etishlariga qarshi ekanini bildirdi.

Fransiya Tashqi ishlar vaziri Stefan Sejurnening 27 fevral kuni bergan bayonotiga ko‘ra, G‘arb harbiylarining Ukraina hududida bo‘lishi muayyan turdagi yordam ko‘rsatish, jumladan, hududlarni minalardan tozalash va ukrainalik harbiy xizmatchilarni tayyorlashda talab qilinishi mumkin, biroq bu ularning mojaroda ishtirok etishini anglatmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Frantsiya Evropa Ukraina Emmanuel' Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing