Yevropa va Ukraina Rossiya shartlarini qabul qilmasligi mumkin – “Bloomberg”

Olam

image

Ukraina va uning ittifoqchilari, jumladan, Yevropa mamlakatlari AQSH taklif qilgan sulh bo‘yicha Rossiya qo‘ygan shartlarga rozi bo‘lmasligi mumkin. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Moskva tomonidan ilgari surilgan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish shartlari Kiyev va Bryussel tomonidan rad etilishi kutilmoqda. Tomonlar ushbu shartlardan mamnun emasligini bildirgan.

“G‘arb xavfsizlik xizmati xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, ular ukrainaliklar va boshqa yevropaliklar uchun nomaqbul bo‘lishi kutilmoqda”, deyiladi nashr xabarida.

AQSH hozircha Rossiyaning takliflariga munosabat bildirmagan, Zelenskiy esa Oq uydan aynan “aniq va qat’iy” javob kutmoqda.

Ma’lumot uchun, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya AQSHning Ukrainada vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga rozi, biroq har qanday sulh uzoq muddatli tinchlik va mojaroga sabab bo‘lgan omillarning bartaraf etilishiga olib kelishi keraklihgi haqida gapirgandi. Putinning ta’kidlashicha, muhokama qilinishi zarur bo‘lgan masalalar qatoriga jangovar to‘qnashuv chizig‘ida sulh rejimiga rioya etilishini nazorat qilish, Rossiyaning Kursk viloyatida qolayotgan ukrainalik harbiylar taqdiri hamda Ukrainaga G‘arb tomonidan qurol yetkazib berilishi kabi jihatlar kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron agar Kiyev tegishli so‘rov yuborsa, Yevropa davlatlari Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yuborishi mumkinligini aytgandi. Makronning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlar o‘z kuchlarini Ukrainaga safarbar qilishi uchun Rossiyaning fikri inobatga olinmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Evropa Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing