Yevropa Rossiyaga qarshi ba’zi cheklovlardan voz kechdi – “Bloomberg”

Olam

image

Yevropa Ittifoqi tashkilotga a’zo davlatlar neft tankerlariga Rossiya neftini tashishni taqiqlash rejalaridan voz kechdi. Bu haqda “Bloomberg” manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Bunday taqiq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketi doirasida muhokama qilingan. Ushbu choraga, xususan, yuk tashish muhim daromad manbai bo‘lgan Gretsiya qarshi chiqqan.

Yana bir jiddiy cheklov chorasi – Yevropa kompaniyalariga Rossiyadan neft tashishni sug‘urtalashni taqiqlash – katta ehtimol bilan kuchga kiradi.

Taqiqlovchi choralar Yevropaga Rossiya orqali tranzit bilan kelayotgan neftga, xususan, Qozog‘iston neftiga ta’sir qilmasligi kerak, deya aniqlik kiritmoqda agentlik.

Yevropa davlatlari yaqin olti oy ichida Rossiya neftini, yanvarda esa neft mahsulotlarini import qilishdan bosh tortishini e’lon qilmoqchi. Vengriya, Slovakiya va Chexiyaga 2024 yilgacha muddat berilishi rejalashtirilmoqda. Vengriya esa Rossiya neftidan voz kechish uchun qo‘shimcha moliyalashtirish zarurligi haqida aytmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

1173

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing