Yevropa, Osiyo, Afrikada – koronavirus yana 3 ta davlatga kirib bordi

Salomatlik

image

Butan Bosh vaziri Lotay Seringning e’lon qilishicha, AQSHda yashovchi 76 yashar shaxsda koronavirus borligi aniqlangan. Bemor Butanga Hindiston orqali kirib kelgan. Bu haqda ANI nashri yozmoqda. 

Bemor erkak Butanga 2 mart kuni kirib kelgan. U bilan birga samolyot bortida yana 11 kishi bo‘lgan. Ularning barchasi karantinga olingan. Ayni paytda ularda kasallik alomatlari kuzatilmagan.

Butan hukumati voqea munosabati bilan hindistonlik hamkasblari bilan aloqa o‘rnatgan.

Hukumat, shuningdek, bemorning aeroportdan mehmonxonagacha bo‘lgan yo‘lini, to‘xtash joylarini kuzatib, u bilan aloqada bo‘lgan 90 dan ortiq shaxsni aniqladi. Xabar qilinishicha, shifokorlar bemor bilan muomala qilganlarning barchasini tekshirmoqda. Shuningdek, u turgan mehmonxona xodimlariga murojaat qilinib, uyda qolishlari va aloqalar doirasini cheklashlari so‘ralgan.

Tasdiqlangan xabarlarga ko‘ra, jahondagi yana ikkita davlat – Serbiya va Kamerunga ham koronavirus kirib bordi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 98 611 nafarga yetdi. Ushbu kasallikdan 3388 kishi vafot etdi. 54 994 bemor shifo topgan.

Koronavirus eng ko‘p tarqalgan davlatlar: Xitoy (80555 bemor – 3042 nafar vafot etgan), Janubiy Koreya (6593 – 42), Italiya (3858 – 351), Eron (3513 – 108), Yaponiya (1000 – 29), Germaniya (534 – 0), Fransiya (423 – 23), Ispaniya (248 – 7), AQSH (233 – 14), Singapur (117 – 0), Gonkong (105 – 2).


Maqola muallifi

Teglar

Kamerun koronavirus Butan Serbiya

Baholaganlar

373

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing