Yevropa NATOning muqobilini tuzishni muhokama qilmoqda – WP 

Olam

image

Yevropa Ittifoqi davlatlari rasmiylari Amerikaning sobiq yetakchisi Donald Trampning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan AQSH prezidentlik saylovlarida ehtimoliy g‘alabasiga hozirlik ko‘rmoqda va Shimoliy Atlantika alyansini to‘ldiruvchi yoki unga muqobil bo‘lishi mumkin bo‘lgan tuzilmalar yaratish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda manbalariga tayanib,“The Washington Post” xabar berdi. 

“Ukrainaga yordam to‘xtab qolgani va AQSHda saylovlar yaqinlashayotgan bir paytda Yevropa yetakchilari, amaldorlar va diplomatlar sobiq prezident Donald Tramp va uning ittifoqchilari bilan xavfsizlik masalalarini muhokama qilish zarurligini tobora ko‘proq anglab yetmoqda, biroq buni amalga oshirish qiyin kechmoqda. Mana bir necha oydirki, Yevropa AQSH Prezidenti Jo Baydenning zaifligini ko‘rib, Tramp transatlantik munosabatlarga tahdid solgan kunlarga qaytishdan qo‘rqmoqda”, deyiladi maqolada.

Nashrning ta’kidlashicha, Trampning ayrim bayonotlaridan keyin Yevropa Ittifoqi rasmiylari AQSH xavfsizlik kafolatlari bilan birgalikda ishlaydi, ammo AQSH kafolatlari bekor qilingan taqdirda ham ishonchli alternativ bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan NATOga qit’ani qamrab oluvchi qo‘shimcha yaratishni yopiq eshiklar ortida muhokama qildi.

"Bu AQSH xavfsizlik kafolatlari bilan uyg‘un ishlaydi, ammo agar AQSH kafolatlari bekor qilinsa, ishonchli alternativ bo‘lib xizmat qilishi mumkin", deyiladi xabarda.

WP’ga ko‘ra, bu maslahatlashuvlar odatdagi tortishuvlarga “botib ketgan".

“Fransiya va Germaniya to‘lovlarni kim to‘lashi borasida kelisha olmaydi. Sharqiy Yevropa G‘arbiy Yevropaning Rossiyadan kelayotgan tahdidlarga javob berishiga to‘liq ishonmaydi. Shuningdek, ular qanday qilib qit’ada yadro qalqoni qurishi noma’lum va hatto ular muvaffaqiyat qozongan taqdirda ham, u eng yomon ssenariyda Rossiya arsenalidan past bo‘ladi, bu yadro urushi bo‘ladi ", deyiladi xabarida.

Maqolada qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari rahbariyati Trampning go‘yoki “Rossiya bilan noz-karashmasi” va NATOga nisbatan mas’uliyatsiz bayonotlar berayotganidan xavotirda va g‘azabda.

Shuningdek, jurnalistlar bilan suhbatlashgan Yevropa Ittifoqi rasmiylarining ko‘pchiligi respublikachi g‘alaba qozonsa, AQSHning Ukrainaga yordami taqdiridan tashvishda.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Evropa Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made