Yevropa Markaziy banki 2011 yildan buyon ilk bor foiz stavkasini oshirdi

Olam

image

Yevropa Markaziy banki (YeMB) kreditlar bo‘yicha bazaviy foiz stavkasini 50 bazis punktga oshirib, 0,50 foizga ko‘tardi. Bu haqda Yevrobank saytidagi xabarda aytiladi.

Depozitlar bo‘yicha bazaviy foiz stavkasi 0,00 foizgacha ko‘tarildi (ilgari u salbiy edi), marjali kreditlar bo‘yicha - 0,75 foizgacha.

Yevropa Markaziy banki inflyatsiyaga qarshi kurashish uchun stavkalarni oshirayotganini aytdi. 2022 yil iyun oyida u 8,6 foizga yetdi, bu YeMBning 2 foizlik ko‘rsatkichidan to‘rt baravar ko‘p.

Bu 2011 yildan beri YeMBning uchta asosiy foiz stavkalaridagi birinchi o‘sishdir. Ularning ko‘tarilishi haqida regulyator iyun oyida e’lon qilgandi.

Yevrozonadagi inflyatsiyaning asosiy omili energiya narxining oshishi hisoblanadi. Ularning narxi asosan Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi va Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar joriy etilishi tufayli oshib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Markaziy banki

Baholaganlar

84

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar