Yevropa mamlakatlarining yana birida qattiq karantin joriy etildi

Olam

image

Belgiyada koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq holatlar ortib borayotgani sabab yana qattiq karantin joriy etildi. Bu haqda qirollik Bosh vaziri Aleksander De Kroo ma’lum qildi.

Yevropa mamlakatida oziq-ovqat do‘konlaridan boshqa barcha do‘konlar yopiladi. Maktab ta’tillari 16 noyabrgacha uzaytiriladi. Belgiya chegaralari hozircha ochiq qolmoqda, lekin mamlakatga tashrif buyurish tavsiya etilmaydi.

Bundan tashqari, mehmondorchilikka bir kishidan ko‘p odam tashrif buyurishi man etiladi. Dafn marosimlarida esa 15 tagacha odam ishtirok etishi mumkin. 

Belgiya, shuningdek, tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan talabalar, nafaqaxo‘rlar va o‘qituvchilarni ham koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga safarbar qila boshlagan. Mamlakat sog‘liqni saqlash tizimiga haddan tashqari og‘irlik yuklanayotgani sababli, kasallarni davolash uchun qo‘shni davlatlarga yuborish boshlangan.

Belgiyada koronavirusga chalinganlar 412 mingdan oshgan. 11 ming 452 kishi vafot etgan. 

Dunyoda koronavirus yuqtirganlar 46 milliondan oshdi. 1 milliondan ko‘p bemor virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

karantin bel'giya

Baholaganlar

111

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing