Yevropa ligasi final o‘yinining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Sport

image

“Sevilya” darvozaboni Yassin Bunu Yevropa ligasi final o‘yinining eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan “Hankook” mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi.

“Roma”-“Sevilya” bahsining asosiy va qo‘shimcha bo‘limlari 1:1 hisobida yakunlanganidan so‘ng penaltilarda ispan klubi “Roma”ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

UEFA texnik kuzatuvchilari 32 yoshli darvozabonning 11 metrlik seriyadagi seyvlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etganini qayd etdi. Marokashlik darvozabon “Roma” a’zolari Janluka Manchini va Rojer Ibanesning zarbalarini bartaraf etdi.

Bunu Yevropa ligasining joriy mavsumida o‘z darvozasidan beshta gol o‘tkazib yubordi. U 2019/2020 yilgi mavsumda ham andalusiyaliklar bilan ushbu sovringa ega chiqib, turnirning ramziy terma jamoasiga kiritilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sevil'ya Yassin Bunu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing