Yassin Bunu JCHda yangi rekord o‘rnatdi

Sport

image

Marokash milliy terma jamoasining darvozaboni Yassin Bunu 2026 yilgi Jahon chempionatining chorak finalida Fransiya hujumchisi Kilian Mbappening penalti zarbasini qaytarib, mundiallar tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biriga erishdi. Bu haqda “Opta” portali xabar berdi.

Bostonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvning 28-daqiqasida belgilangan penaltini qaytargan Bunu turnirning eng sermahsul to‘purarlaridan biri bo‘lgan Mbappeni gol urish imkoniyatidan mahrum qildi.

Ushbu seyv Bununung Jahon chempionatlari doirasida qaytargan to‘rtinchi penaltisi bo‘ldi. Bu hisobga penaltilar seriyasida qaytarilgan zarbalar ham kiritilgan.

Shu tariqa, marokashlik posbon ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Harald Shumaxer (G‘arbiy Germaniya), Serxio Goykochea (Argentina), Iker Kasilyas (Ispaniya), shuningdek, xorvatiyalik Daniyel Subashich va Dominik Livakovich bilan tenglashdi.

“Opta” statistikasiga ko‘ra, Bunu Jahon chempionatlarida duch kelgan to‘qqizta penaltining faqat ikkitasida gol o‘tkazib yuborgan. To‘rttasini qaytargan bo‘lsa, yana uchtasida raqiblar nishonni aniq ololmagan.

Kilian Mbappe uchun esa ushbu vaziyat Jahon chempionatlari tarixidagi ilk penalti xatosi bo‘ldi. Fransuz hujumchisi bunga qadar mundiallarda tepgan uchala penaltisini ham aniq amalga oshirgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing