Yevropa Ittifoqiga a’zolik Turkiyaning strategik maqsadi bo‘lib qolmoqda – Erdo‘g‘an 

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish istiqboli uning mamlakati uchun strategik maqsad bo‘lib qolayotganini aytdi. Bu haqda u Anqarada bo‘lgan Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan muzokaralardan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Yevropa Ittifoqiga a’zolik Turkiya uchun strategik maqsad bo‘lib qolmoqda. Yevroittifoqqa a’zo bo‘lishimiz ittifoq uchun ham, mamlakatimiz uchun ham muhim hissa bo‘lishi aniq”, dedi Erdo‘g‘an.

Uning aytishicha, oxirgi voqealar Turkiyaning asosiy davlat sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlagan. Erdo‘g‘an va fon der Lyayen muzokaralarining asosiy kun tartibi Turkiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni jonlantirish uchun tashlanishi mumkin bo‘lgan umumiy qadamlar bo‘lgan. 

“Biz Yevropa Ittifoqidan Turkiyaning a’zolik istiqbollarini mustahkamlaydigan yangi qarashni taqdim etishini kutamiz”, dedi Erdo‘g‘an.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 dekabr kuni AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Suriyani “do‘stona tarzda egallab olish” ortida turganini aytgan va shu oy boshida Bashar Asad hukumatining qulashiga ishora qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Evropa Ittifoqi Rajab Toyib Erdo'g'an Ursula fon der Lyayen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing