Yevropa Ittifoqi yetakchilari qirg‘in bo‘lgan Buchaga bordi
Olam
−
09 aprel 2022
12783Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen va YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Ukrainaning avvalroq tinch aholining ommaviy qabrlari topilgan Bucha shahriga bordi.
Ursula fon der Lyayen Twitter’da sayohatni sharhlar ekan, “Ukrainada sodir etilgan vahshiylik aybdorlari javobgarlikka tortilishiga” ishonch bildirdi.
“Buchada insoniyligimiz minglab bo‘laklarga bo‘linib ketdi. Ukraina xalqiga murojaat: bu vahshiyliklar uchun javobgarlar jazoga tortiladi. Sizning kurashingiz bizning kurashimizdir. Bugun men sizga Yevropa siz bilan ekanligini aytish uchun keldim”, degan YeK rahbari.
Jozep Borrel, o‘z navbatida, Buchaga Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal bilan birga kelganini aytgan. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, YeI jinoyat sodir etganlarni javobgarlikka tortish uchun dalillar to‘plashga texnik va moliyaviy yordam ko‘rsatadi. Yordamning bir qismi bedarak yo‘qolganlarni qidirishga yo‘naltiriladi.
“Bucha qirg‘ini”
Joriy yilning 1 aprel kuni Bucha meri Anatoliy Fedoruk Ukraina harbiylari rossiyalik bosqinchilarni chiqarib yuborganini tasdiqladi. Chekingan ruslar fuqarolik inshootlarini, infratuzilma ob’ektlarini va aholi punkti ichidagi ba’zi hududlarni minalagan.
Ozod qilingan shaharda ukrainalik harbiylar hududni diversantlar va rossiyalik sheriklardan tozalashga kirishgan.
2 aprel oqshomida Ukraina Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar butun Kiyev viloyati rus bosqinchilaridan ozod qilinganini ochiqladi.
Shundan so‘ng bosqinchilarning vahshiyliklari haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi. Ruslar odamlarni o‘ldirgan va zo‘rlagan, haqorat qilgan va qiynoqqa solgani aytildi. Dmitriy Komarov Buchadan dahshatli kadrlarni ko‘rsatdi va aholi nonni ko‘rganda shunchaki yig‘layotganini aytdi. Keyinchalik tarmoqda paydo bo‘lgan Buchadan olingan hayratlanarli fotosuratlarda bog‘langan odamlar o‘ldirayotgani ma’lum bo‘ldi. Ukrainaliklar ommaviy qabrlarga dafn qilingan. Ba’zi jasadlar ko‘chalarning o‘rtasida qolgan.
Bucha voqealari haqiqati oshkor bo‘lgach, dunyo davlatlari uni qoraladi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini ishlab chiqishni boshladi.
Rossiya Mudofaa vazirligi Buchadagi voqealarni Moskvaga qarshi provokatsiya va sahnalashtirilgan deb atadi.
LiveBarchasi