Yevropa Ittifoqi va Ukraina xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha kelishuv imzoladi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi va Ukraina Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlari haqidagi kelishuvni imzoladi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.

Imzolanish Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy tashrif buyurgan Bryusseldagi YeI sammitida bo‘lib o‘tdi. Kelishuvning to‘liq matni hali e’lon qilinmagan. 

Zelenskiy avvalroq “Ukraina ichidagi har qanday institutsional o‘zgarishlarga qaramay, Yevropa Ittifoqining barcha 27 ta davlatining Ukrainani keng qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha majburiyatlarini birinchi marta birlashtirishini” ma’lum qilgandi.

Shuningdek, Zelenskiy Estoniya va Litva bilan alohida ikki tomonlama shartnomalar imzoladi.

Iyun o‘rtalarida “Katta yettilik” sammitida Zelenskiy AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma imzolagan edi. Hujjat harbiy hamkorlikni kengaytirish va razvedka ma’lumotlari almashinuvini ko‘zda tutadi, biroq AQSH tomonidan Ukrainani himoya qilish uchun Amerika armiyasidan foydalanish bo‘yicha hech qanday majburiyat yo‘q.

Shu bilan birga, Ukraina Yaponiya bilan ham xuddi shunday shartnoma tuzdi. Umuman olganda, Kiyev yigirmaga yaqin davlat bilan shu kabi ikki tomonlama hujjatlarni imzolagan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Ukraina Vladimir Zelenskiy xavfsizlik kafolatlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing