Yevropa Ittifoqi Turkiyaga qarshi sanksiya qo‘llash qaroriga keldi
Olam
−
11 dekabr 2020 7043 1 daqiqa
Kecha, 10 dekabr kuni o‘tgan Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar rahbarlari sammitida Turkiyaga qarshi sanksiyalarni joriy etish to‘g‘risida kelishib olindi. Bu haqda diplomatik manbalarga asoslanib, “France Press” agentligi xabar bermoqda.
Yevropa Ittifoqi Turkiyani Sharqiy O‘rta yer dengizdagi Kipr hududiy suvlarida burg‘ulash ishlarini noqonuniy olib borayotganlikda ayblamoqda va shuning uchun unga sanksiyalar joriy etgan edi. Noyabr oyida YeI ushbu sanksiyalarni bir yilga, 2021 yil 12 noyabrgacha uzaytirdi. Hozir noqonuniy burg‘ulash uchun joriy etilgan sanksiyalar ro‘yxatiga Turkiyaning ikki fuqarosi kiritilgan.
Manbalarning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi rahbarlari individual sanksiyalarni uzaytirishga kelishib olgan.
"Individual sanksiyalar masalasida kelishib olindi. Agar Turkiya noqonuniy va tajovuzkor harakatlarini davom ettirsa, qo‘shimcha choralar ko‘rilishi mumkin", deyildi sammitda.
Sammit arafasida Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel Turkiyaning Sharqiy O‘rta yer dengizidagi harakatlarida ijobiy dinamika yo‘qligini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi Turkiya bilan yanada barqaror aloqalarni xohlaydi. Ammo ijobiy o‘zgarishlar bo‘lmasa, tashkilot qo‘lidagi vositalardan foydalanishga tayyor.
Live
Barchasi