Yevropa Ittifoqi tez orada Lissabondan Luganskgacha kengayadi – Berbok
Olam
−
03 Oktabr 2023
4230Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Ukrainaning kelajagi Yevropa Ittifoqida ekanini va u tez orada Lissabondan Luganskgacha kengayishini aytdi. Bu haqda u kecha, 2 oktyabr kuni Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlarining Kiyevdagi norasmiy uchrashuvi oldidan bo‘lgan jurnalistlar bilan suhbatda so‘z ochdi.
“Ukrainaning kelajagi Yevropa Ittifoqida, bizning erkin hamjamiyatimizda. U esa tez orada Lissabondan Luganskgacha kengayadi. Ukraina ozod qilgan har bir qishloq, har bir metr bilan o‘z xalqini qutqarib, Yevropa Ittifoqiga yo‘l oladi”, degan Berbok.
Uning ishontirishicha, yevropalik hamkorlar ukrainaliklarning “yana tinch va erkinlikda yashashi” uchun Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Berbokning ta’kidlashicha, Ukrainaga qarshi urushni oddiy deb bo‘lmaydi.
"Bu azob-uqubatlar, bolalarni o‘g‘irlash, ayollar va erkaklar o‘ldirilishi hech qachon Yevropa Ittifoqida odatiy holga aylanmasligi kerak", deydi u.
Ma’lumot uchun, Lissabon 1986 yildan beri Yevropa Ittifoqining a’zosi bo‘lmish Portugaliyaning poytaxti sanaladi. Lugansk esa Ukraina sharqidagi shahar. U Lugansk viloyatining ma’muriy markazi. Biroq ushbu hudud hozir Rossiyaning nazorati ostida.
LiveBarchasi