Yevropa Ittifoqi Rossiyani shantajda aybladi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Rossiyani Polsha va Bolgariyaga tabiiy gaz yetkazib berishni to‘xtatganini qoralab, bu qarorni “adolatsiz va qabul qilib bo‘lmas” harakat deb atadi.

“Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi Yevropadagi iste’molchilarga gaz yetkazib berishni bir tomonlama to‘xtatdi. Bu Rossiyaning tabiiy gazdan shantaj vositasi sifatida foydalanishga urinishidan boshqa narsa emas”, degan Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen.

Yevrokomissiya rahbari Polsha va Bolgariyaga Rossiya gazining yetkazilishining to‘xtatilishini “adolatsiz va qabul qilib bo‘lmaydigan” qadam deb atagan.

“Bu holat Rossiya tabiiy gazning ishonchsiz yetkazib beruvchisi ekanligini yana bir bor ko‘rsatdi. Biz bunday ssenariyga tayyormiz”, degan fon der Lyayen.

Yevrokomissiya rahbarining ta’kidlashicha, Bryussel Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha davlatlar bilan yaqin aloqada bo‘lib, muqobil yetkazib berish va saqlashning ta’minlash ustida ish olib boryapti.

“Yevropa Ittifoqi davlatlari favqulodda vaziyatlar uchun oyejalar ishlab chiqdi. Ushbu tashabbuslar doirasida gazni muvofiqlashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi”, deya qo‘shimcha qilgan fon der Lyayen.

Avvalroq Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasi Polsha va Bolgariyaga to‘lovni rublda amalga oshirmagani uchun gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘ygani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin hukumat va Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankiga Rossiya gazining Yevropa davlatlariga yetkazib berilishi uchun to‘lovlarni rublga o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berdi. Bunga G‘arb davlatlarining Ukrainadagi urush ortidan Moskvaga qarshi joriy qilgan sanksiyalari sabab bo‘ldi.

Shundan so‘ng, Germaniya kansleri Olaf Shols ham Germaniya gazni rublda sotib olmasligini e’lon qildi. Uning ortidan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham rus gazini rubldan sotib olmasligini aytdi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin avvalroq Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank va “Gazprom” kompaniyasiga 31 martgacha Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va cheklov choralarini joriy qilgan boshqa mamlakatlarga gaz yetkazib berish uchun to‘lov valyutasini o‘zgartirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni topshirgan edi.

Shu o‘rinda aytish joizki, Rossiya gazining xaridorlari hisob-kitoblarni rublga o‘tkazish bo‘yicha turlicha pozitsiyani egalladi. Germaniya kansleri Olaf Sholsning ta’kidlashicha, shartnomalarda xorijiy valyutalar “asosan yevro va dollar” ko‘rsatilgan. Germaniya Iqtisodiyot vazirligi vakili Robert Severin import qiluvchilar shartnomalar bajarilishini kafolatlashlari shartligini ta’kidladi. Italiya bosh vaziri Mario Dragi hisob-kitoblarni rublga o‘tkazishni shartnomalarning buzilishi deb atadi.

Joriy yilning 31 mart kuni Putin "do‘st bo‘lmagan" davlatlarga gazni rublda sotish tartibini tasdiqladi. 

Shundan so‘ng Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarga Rossiyaga qarshi sanksiyalarni buzmagan holda rus gazi uchun rublda to‘lov qilishga ruxsat berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

122

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing