Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 14-sanksiya paketini qabul qildi

Olam

image

Yevropa kengashi Rossiyaga qarshi iqtisodiy va individual sanksiyalarning 14-paketini qabul qildi. Bu haqda Kengash bayonotida aytiladi.

Cheklovlar Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazuvchi yoki tahdid soluvchi harakatlar uchun javobgar bo‘lgan yana 116 nafar jismoniy va yuridik shaxsni o‘z ichiga oladi.

Yevropa Ittifoqi Rossiyadan suyultirilgan gaz sotib olishni davom ettiradi, biroq uning Yevropa portlari orqali tranzitiga cheklovlar qo‘yadi. Endi Yevropa Ittifoqi kompaniyalari uchinchi mamlakatlardagi shu’ba korxonalari Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tmasligini ta’minlash uchun javobgardir.

Shuningdek, paketga quyidagilar kiritilgan:

  • sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun foydalaniladigan Rossiyaning "soya floti" deb ataladigan 27 ta kemaga nisbatan cheklovlar;
  • investitsiyalarni, “Arktik SPG-2” va “Murmansk SPG” kabi suyultirilgan gaz loyihalarini yakunlash uchun tovarlar, texnologiyalar va xizmatlarni taqdim etishni taqiqlash;
  • Yevropa Ittifoqi o‘z aviakompaniyalariga Rossiyadan jismoniy va yuridik shaxslar buyurtma qilgan dunyo bo‘ylab charter va xususiy reyslarni amalga oshirishni taqiqladi;
  • Uchinchi mamlakatlarga harbiy texnikani sotuvchi Yevropa kompaniyalari Rossiyaga reeksport xavfini aniqlash va baholash hamda ularni kamaytirishga qodir mexanizmlarni joriy etishlari kerak;
  • Rossiyadan geliy importini va marganets rudalarini, bir qator plastmassa turlarini, noyob tuproq elementlarini va elektron komponentlarni Rossiya Federatsiyasiga eksport qilishni taqiqlash;
  • Yevropa Ittifoqidagi siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlar va media kompaniyalarning Rossiya hukumatidan pul olishiga taqiq;
  • Rossiya bankining moliyaviy xabarlarni uzatish tizimi (SWIFTning ruscha analogi) bo‘yicha chora-tadbirlar;
  • Rossiyaliklar tomonidan ma’lum turdagi intellektual mulkni Yevropada ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlash;
  • sanksiyalar qo‘llanilishi natijasida Rossiya kompaniyalari tomonidan ularga yetkazilgan zararni qoplashni talab qiladigan Yevropa kompaniyalariga taqiq.

Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evropa Ittifoqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing