Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qaratilgan sanksiyalar bo‘yicha bir qarorga keldi 

Olam

image

Yevropa Ittifoqi davlatlarining Tashqi ishlar vazirlari Belgiya poytaxti Bryusseldagi sammitda Aleksey Navalniy bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan sanksiya qo‘yilgan rossiyaliklar ro‘yxatini kengaytirish to‘g‘risida kelishib oldi. Bu haqda “Reuters” diplomatik manbalarga asoslanib xabar bermoqda.

“Tashqi ishlar vazirlari Navalniy ishi bo‘yicha Rossiya fuqarolariga nisbatan sanksiyalar qo‘llash to‘g‘risida kelishib oldi. Biroq ular ushbu sammitda aynan kimlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llanishini muhokama qilmadi”, deydi agentlik insayderi.

Shuningdek, agentlik manbasi sanksiyalar ro‘yxati “uzoq kuttirib qo‘ymasligini” ta’kidlagan. 

Taxminlarga ko‘ra, ushbu sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiya gvardiyasi direktori, Tergov qo‘mita raisi, Bosh prokuror va Federal jazoni ijro etish xizmati rahbari kiritilishi mumkin.

Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Josep Borrelga ko‘ra, sanksiyalarni tayyorlash taxminan bir hafta davom etadi.

Vazirlar yig‘ilishi Yevropa Ittifoqining Tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha yuqori vakili Josep Borrelning Moskvaga shov-shuvli tashrifidan ikki hafta o‘tgach, 22 fevral kuni Belgiya poytaxti Bryussel shahrida bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilish doirasida so‘zga chiqqan Germaniya Tashqi ishlar vaziri Xayko Maas alohida shaxslarni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritish tarafdori ekanini hamda xalqaro mojarolarni hal qilishda Yevropa Ittifoqiga Rossiya kerak bo‘lishini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

351

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing