Yevropa Ittifoqi Putin atrofidan kimlarni “qora ro‘yxat"ga kirityapti?
Olam
−
02 mart 2021
10800Yevropa Ittifoqi Aleksey Navalniy bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan Rossiyaning bir qator yuqori lavozimdagi amaldorlariga qarshi sanksiyalarni qo‘llaydi. Bu haqda bugun, 2 mart kuni “Deutsche Presse-Agentur” agentligi Bryusseldagi diplomatik manbalariga asoslanib xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, tegishli huquqiy hujjat allaqachon yozma ravishda qabul qilingan va tez orada Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida e’lon qilinadi.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori Igor Krasnov, Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin, Jazoni ijro etish Federal xizmati boshlig‘i Aleksandr Kalashnikov va Rosgvardiya qo‘mondoni Viktor Zolotov sanksiya ro‘yxatiga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 fevral kuni Moskvaning Simonov sudi Federal jazoni ijro etish xizmatining iltimosiga binoan, Navalniyning “Iv Roshe” ishi bo‘yicha 3,5 yillik shartli qamoq jazosini haqiqiy qamoq muddati bilan almashtirdi.
Bundan tashqari, Moskvaning Babushkin sudi Vatan urushi faxriysi Ignat Artemenkoga nisbatan tuhmat ishida Aleksey Navalniyni 850 ming rubl miqdorida jarimaga tortdi.
LiveBarchasi