Yevropa Ittifoqi Xitoyga qarshi sanksiyalar qo‘llamoqchi
Olam
−
16 noyabr
1458Yevropa Ittifoqi Rossiyaga Ukraina mojarosida qo‘llaniladigan qurollar yetkazib berilishi munosabati bilan Xitoyga qarshi sanksiyalar joriy etish niyatida. Bu haqda “Frankfurter Allgemeine Zeitung” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 1 dekabr kuni o‘z lavozimidan ketayotgan Yevropa Ittifoqi diplomatik xizmati rahbari Jozep Borrel 18 noyabrga rejalashtirilgan TIV rahbarlari uchrashuvidan oldin Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga maxsus xizmatlarning tegishli ma’lumotlari haqida xabar bergan. U taqdim etilgan dalillarni “ishonchli” deb atadi.
Dalillarga ko‘ra, Rossiyaga Ukrainadagi janglarda foydalanish uchun Xitoy tomonidan qurollar yetkazib berilgan. Borrel buning uchun Xitoyni jazolashni talab qildi.
Manbalarga ko‘ra, endi ko‘p narsa Xitoyning unga qo‘yilgan ayblovlarga qanday munosabatda bo‘lishiga bog‘liq. Sanksiyalar haqidagi munozaralar esa hali dastlabki bosqichda.
Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi matbuot kotibi Liu Pangyu AQSH “Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatayotgani” haqida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatayotganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekin Ukrainadagi “hech qachon mojaroning biron bir tomoniga qurol yetkazib bermagan” va XXR va Rossiya federatsiyasi o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo hamkorligi uchinchi tomonga qarshi qaratilgan emas.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Eron Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Nosir Kanani Amerika matbuotining Tehron Ukrainadagi urush vaqtida foydalanish uchun Rossiyaga qurol yetkazib bergani haqidagi bayonotlarini rad etgandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi