Yevropa Ittifoqi HAMASni terrorchilik tashkiloti deb tan oldi
Olam
−
11 Oktabr 2023
5249Yevropa Ittifoqi HAMAS harakatini terrorchilik tashkiloti deb tan oldi. Bu haqda Fransiya Bosh vaziri Elizabet Born ma’lum qildi.
"Terrorizm va vahshiylikni oqlab bo‘lmaydi", degan Bosh vazir HAMASning Isroil hududiga bostirib kirishi haqida fikr bildirar ekan.
Bornning ta’kidlashicha, Fransiyadan 1 Yevro ham terrorchilar qo‘liga tushmasligi lozim. U Fransiya hukumati "ko‘chada ham, Internetda ham" antisemitizmga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidlagan.
“Biz terrorizmga, xususan, HAMASga qarshi tinimsiz kurashishga majburmiz. Biroq terrorizmga qarshi kurashni asosiy gumanitar qonunchilik va fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash bilan aralashtirib yubormasligimiz kerak”, degan siyosatchi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e’lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi.
Avvalroq, Isroil Mudofaa qo‘shini (SAXAL) HAMAS iqtisodiyot vaziri Javod Abu Shamalning o‘ldirilganini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi