Kurs UZS

USD

12 925.20

-11.96

EUR

13 982.48

45.28

RUB

152.58

-1.97

Yevropa Ittifoqi ham Myanmaga yordam bermoqchi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Myanmadagi zilzilalardan jabr ko‘rgan odamlarga dastlabki favqulodda yordam sifatida 2,5 mln yevro ajratadi. Bu haqda Yevrokomissiya saytida e’lon qilindi.

“Ushbu yangi insonparvarlik yordami Myanmaning eng zaif aholisining hayotini saqlab qolish va shoshilinch ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi, bunda ko‘chirilganlar va mojarolardan jabr ko‘rgan jamoalarga alohida e’tibor qaratiladi”, deyiladi hujjatda.

Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi zilzila oqibatlarini baholashni osonlashtirish uchun o‘zining Copernicus sun’iy yo‘ldosh xizmatidan ham foydalangan.

“Yevrokomissiya gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlar bilan birgalikda Yevropa Ittifoqining keyingi yordamini safarbar qilish uchun joylardagi vaziyat va ehtiyojlarni baholamoqda”, deyiladi Yevropa xabarida.

Shuningdek, bayonotda qayd etilishicha, hozirgi mablag‘larni hisobga olgan holda, Yevropa Ittifoqi tomonidan Myanmaga insonparvarlik yordamini moliyalashtirishning umumiy hajmi 2025 yilda 35 million yevrodan oshadi.

Myanmadagi zilzila

28 mart kuni ertalab Myanma hududida 7,4 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Myanmadagi zilzila oqibatida Iravadi daryosi ustidagi ko‘prik qulab tushdi, Mandalay tarixiy saroyi qisman vayron bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Myanmadagi zilzila oqibatida 1600 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.

Silkinishlar Xitoy, Tailand va Vetnamda ham sezilgan. Bangkokda qurilayotgan bino qulab tushgan, 10 kishi halok bo‘lgani va kamida 50 kishi jarohatlangani ma’lum. Tailand hukumati mamlakat poytaxtida favqulodda holat rejimini e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uy ma’muriyati allaqachon Myanma rasmiylari bilan aloqa o‘rnatgani va zilzila munosabati bilan mamlakatga yordam berishini rejalashtirayotganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi zilzila M'yanma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing