Yevropa Eronga qarshi sanksiya kiritmoqchi

Olam

image

Yevrokomissiya mamlakatda tartibsizliklarga qarshi kurash davom etayotgani uchun Eronga nisbatan yangi sanksiyalar ishlab chiqmoqda va namoyishchilarni to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda. Tegishli bayonot ushbu organ rahbari Ursula fon der Lyayen tomonidan X (sobiq Twitter) ga joylashtirildi. 

“Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas bilan yaqin hamkorlikda qisqa vaqt ichida qatag‘onlar uchun mas’ullarga qarshi yangi sanksiyalarni taqdim etamiz”, deb yozdi u.  

Fon der Lyayenning qo‘shimcha qilishicha, Bryusselning fikricha, hukumatga qarshi aksiyalar ishtirokchilari erkinlikka erishish uchun jasorat bilan yurish qilmoqda, huquq-tartibot organlari esa haddan tashqari kuch ishlatmoqda.

Bir qator yevropalik siyosatchilar va faollarning AQSH ortidan Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini terrorchilik tashkiloti deb e’lon qilish haqidagi chaqiriqlariga javoban Yevrokomissiya raisi Yevropa Ittifoqi uni inson huquqlarini buzgani uchun allaqachon sanksiyalar ro‘yxatiga kiritganini aytdi. 

Mamlakatdagi tartibsizliklar 29 dekabr kuni Eron riali kursining keskin pasayishi tufayli boshlangan va aksariyat yirik shaharlarga tarqalgan. Rasmiylar 38 nafar huquq-tartibot xodimi halok bo‘lganini ma’lum qildi. 8 yanvardan boshlab, TIV rahbari Abbos Aroqchining so‘zlariga ko‘ra,  namoyishchilar orasida qurollangan terrorchilar paydo bo‘lgan. Eron rasmiylari tartibsizliklarni uyushtirganlik uchun javobgarlikni Isroil va AQSH zimmasiga yukladi. Amerika Prezidenti Donald Tramp avvalroq Eron Islom Respublikasiga qarshi kuch ishlatish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqayotgani haqida ogohlantirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron bilan hamkorlik qilayotgan barcha davlatlarga nisbatan 25 foizlik bojlar joriy qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Erondagi namoyish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing