Yevropa Chempionlar ligasi qachon boshlanishi aytildi

Sport

image

UEFA Chempionlar ligasi va Yevropa Ligasi musobaqalarini joriy yilning iyul yoki avgust oyida o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Germaniyaning ZDF telekanali xabar bermoqda.

Telekanal manbasiga ko‘ra, UEFA milliy terma jamoalar uchrashuvlari bilan parallel ravishda Yevropa ligasi uchrashuvlarini o‘tkazish variantini ham ko‘rib chiqmoqda.

Yevropa chempionati esa, 2020 yildan 2021 yilning yoziga qadar qoldirildi. Hal qiluv qaroriga 17 mart kuni kelingan edi.

Ma’lumot o‘rnida, koronavirus tufayli Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi musobaqalari to‘xtatilgan edi.

Jahondagi boshqa futbol musobaqalari ham qoldirildi. Ularning qachon davom etishi noma’lumligicha qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Chempionlar ligasi

Baholaganlar

238

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing