Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibligi uchun asosiy nomzodlar e’lon qilindi
Sport
−
08 noyabr 2022
5239Mashhur Goal.com sayti UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 finali qur’asidan so‘ng 2022-2023 yilgi mavsum musobqa bosh sovrini uchun asosiy da’vogarlarni ma’lum qildi.
Sayt talqiniga ko‘ra, musobaqada g‘olib bo‘lish uchun asosiy nomzod bu Angliyaning “Manchester Siti” klubidir. Amaldagi chempion Ispaniyaning “Real” klubiga turnir chempionligi uchun ikkinchi asosiy nomzod sifatida qaralmoqda. Shuningdek, kuchli uchlikni “Bavariya” yakunlab bergan.
YeCHL g‘oliblikka da’vogar klublar reytingi:
1. “Manchester Siti”;
2. “Real”;
3. “Bavariya”;
4. “Napoli”;
5. PSJ;
6. “Liverpul”;
7. “Benfika”;
8. “Chelsi”;
9. “Inter”;
10. “Tottenxem”;
11. “Milan”;
12. “Borussiya”;
13. “Portu”;
14. “Bryugge”;
15. “RB Leypsig”;
16. “Ayntraxt”.
Eslatib o‘tamiz, 1/8 finalda quyidagi juftliklar o‘ynaydi:
“Ayntraxt” – “Napoli2, “Borussiya”- “Chelsi”, “Liverpul” – “Real”, “Milan” – “Tottenxem”, “Inter” – “Portu”, “PSJ” – “Bavariya”, “RB Leypsig” – “Manchester Siti”, “Bryugge” – “Benfika”.
LiveBarchasi