Yevropa AQSHsiz Ukrainani qurol bilan ta’minlay olmaydi – NYT

Olam

image

AQSH ishtirokisiz Yevropa davlatlarining “ko‘ngillilar koalitsiyasi” Ukrainani zarur harbiy yordam bilan ta’minlashga qodir emas. Yevropa yetakchilari bu borada jiddiy xavotirda. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.

“Yevropa yetakchilari Ukrainaga zarur qurollarni yetkazib bera olmasliklaridan xavotirda. Ayni paytda bu xavotirlar asosli bo‘lib chiqmoqda. Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi Yevropa davlatlari koalitsiyasi Trampning Yevropa bu yukning katta qismini o‘z zimmasiga olishi kerakligini aniq bildirganidan beri frontga harbiy texnika va resurs yetkazishda katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda”, deyiladi maqolada.

Nashrga ko‘ra, bu holat Yevropaning o‘z zaxiralarini ham to‘ldirishiga to‘g‘ri kelayotgani bilan bog‘liq. Shuningdek, harbiy tahlilchi, Buyuk Britaniyadagi Qirollik mudofaa tadqiqot instituti direktori Metyu Sevill gazeta bilan suhbatda mazkur vaziyat yuzasidan fikr bildirgan. 

“Yevropa davlatlari qisqa muddatda AQSHning Ukrainaga ko‘rsatgan harbiy yordamining to‘liq o‘rnini bosa olmaydi. Ammo agar xohish bo‘lsa, o‘rta yoki uzoq muddatda bunga erishishi mumkin”, deydi u.

Nashrga ko‘ra, agar zarur harbiy yordam o‘z vaqtida ko‘rsatilmasa, Ukraina pozitsiyalarni boy berishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina poytaxti Kiyev shahrida Ukrainaning Rossiya bosqinidan himoyalanishda harbiy yordamni davom ettirishga tayyor bo‘lgan hamkorlari – “ko‘ngillilar koalitsiyasi” uchrashuvi bo‘lib o‘tayotgani xabar qilingan edi. Unda Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, shuningdek, Buyuk Britaniya va Polsha Bosh vazirlari Kir Starmer va Donald Tusk ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Evropa qurol Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing