Yevrokomissiya Ukrainani azaliy orzusiga yaqinlashtirmoqchi – “Bloomberg”

Olam

image
0:00
0:00
download

Yevropa komissiyasi joriy yilning 17 iyun kuni Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga a’zolik uchun nomzod maqomini berishni rasman tavsiya qilishi kutilmoqda. Bu haqida “Bloomberg” nashri xabar berdi.

Manbalarning xabar berishicha, Yevropa Ittifoqi komissarlari guruhi tomonidan qabul qilinishi kerak bo‘lgan tavsiyanoma qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi qonunchilikka aloqador sharoitlar bilan birga keladi. Qaror 17 iyun kuni qabul qilinishi kutilmoqda.

Ukrainaning YeIga a’zolik bo‘yicha hujjatlari joriy yilning 13 iyun kuni ko‘rib chiqiladi, ammo asosiy muhokama 17 iyunga belgilangan. Bir necha kun oldin Yevropa parlamenti Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun nomzod maqomini berishga rozi bo‘lgandi.

Yevrokomissiyaning yakuniy xulosasi ijobiy bo‘lgan taqdirda ham, Ukrainaga rasman bu maqomni berishdan oldin a’zo davlatlarning roziligi inobatga olinadi.

Ma’lum bo‘lishicha, ba’zi a’zo davlatlar Niderlandiya va Italiya hamon Kiyev arizasini qo‘llab quvvatlagani yo‘q. Germaniyada esa nomzodga shartli ravishda maqom berish mumkinligi aytildi.

Polsha, Litva, Irlandiya kabi davlatlar Yevropa Ittifoqi yetakchilaridan aniq qaror qabul qilib, nomzod maqomini berish tarafdori ekanini e’lon qildi. Estoniya umidsizlikka tushgan Ukrainaga umid berish zarurligini ta’kidlamoqda.

Daniya rasmiylari Ukraina Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishdek mas’uliyatni o‘ziga olishga tayyor emas deb hisoblamoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Ukraina 1 mart kuni Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan edi. Ukraina tezlashtirilgan tartibda ittifoqqa qabul qilishlarini so‘ramoqda. 18 aprel kuni Vladimir Zelenskiy Yevropa Ittifoqining Ukrainadagi delegatsiyasi rahbari Matti Maasikasga Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga kirishga nomzod davlat maqomini olish uchun to‘ldirilgan so‘rovnomani topshirdi.

Mardona G‘afforova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

108

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing