Yevrokomissiya Ukraina masalasida Putinning asabiga tegadigan qaror qabul qildi
Olam
−
17 iyun 2022
18409Yevrokomissiya kengashi Yevropa Kengashiga Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga kirish uchun nomzod maqomini berishni tavsiya qildi. Qo‘shilish yo‘lidan oldinga siljish uchun avvalo jiddiy islohotlar va mamlakatni deoligarxizatsiya qilish kerak bo‘ladi. Bu haqda bugun, 17 iyun kuni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Bryusseldagi brifingda ma’lum qildi.
“Yevropa Komissiyasi Kengashi bugun Yevropa Ittifoqi sammitida Ukrainaga Yevropa istiqboli va a’zolikka nomzod maqomini berishni tavsiya qildi. Biz nomzod maqomini taklif qilamiz, ammo keyin islohotlar ustida ishlashimiz kerak”, deydi Lyayen.
Yevrokomissiya rahbarining ta’kidlashicha, agar 23-24 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan YeI sammiti Ukrainaga nomzod maqomini berishga rozi bo‘lsa, Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralar boshlana olishi uchun bir qator islohotlar bo‘yich“Ukraina o‘z vazifalarini bajarishi kerak: sud tizimini mustahkamlash va korrupsiyaga qarshi kurashish, shuningdek, deoligarxizatsiyani amalga oshirish" .
Lyayenning ta’kidlashicha, nomzod maqomiga ega bo‘lgandan so‘ng, mamlakat “tezda Yevropa Ittifoqiga kirishi mumkin, ammo zaruriy taraqqiyot bo‘lmasa, teskari yo‘nalishda harakat qilishi mumkin”.
LiveBarchasi