Yevro va rubl kursi pasaydi, dollar esa o‘sishda davom etyapti
Jamiyat
−
30 Sentabr 2019
4237O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 24 sentyabrdan amalda bo‘luvchi yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 9446,65 so‘mga teng bo‘lib, o‘tgan haftadagiga nisbatan 22,11 so‘mga qimmatladi.
1 yevro kursi esa 50,27 so‘mga arzonlab, 10332,75 so‘mni tashkil etdi.
Rubl kursining qiymati ham 1,08 so‘mga arzonlashib, 1 rubl 146,19 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
LiveBarchasi