Yevro-2028 ga kim mezbonlik qilishi deyarli ma’lum bo‘ldi

Sport

image

UEFA’ga Yevro-2028 musobaqasini o‘tkazish uchun Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi (Angliya, Shimoliy Irlandiya, Uels, Shotlandiya) va Irlandiya futbol assotsiatsiyalari qo‘shma ariza bilan chiqishgan. Ushbu mamlakatlar ortiqcha qiyinchiliksiz turnirga mezbonlik huquqini olishi mumkin. Sababi ularga raqobat qiladigan nomzod topilmayapti. Bu haqda “Daily Mail” xabar bermoqda.

Turkiya Yevro-2016 va Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Yevro-2024 saylovlarida mag‘lub bo‘lgani uchun o‘z arizasini qaytarib oldi. Shuningdek, Rossiya Yevro-2028 ga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kirita olmaydi, chunki ruslar FIFA va UEFA turnirlaridan chiqarib tashlangan.

Musobaqaga mezbonlik qilishni xohlovchilarning arizasi 2022 yilning 23 martigacha qabul qilinadi. Rasmiy ravishda Evro-2028 mezboni 2023 yil sentyabr oyida e’lon qilinishi kerak, biroq faqat bitta ariza qayd etilsa, UEFA qarorini ancha oldinroq qabul qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, Evro-2028 musobaqa ishtirokchi davlatlar soni 24 tadan 32 taga ko‘payadi. Chempionat 12 ta stadionda o‘tkazilishi kutilmoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

UEFA Evro-2028

Baholaganlar

442

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing