Yevro-2024: Turkiya Gruziyadan, Portugaliya Chexiyadan ustun keldi

Sport

image

Kecha, 18 iyun kuni futbol bo‘yicha Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Yevropa chempionatining guruh bosqich o‘yinlari yakunlandi. “F” guruhida Turkiya Gruziya bilan, Portugaliya esa Chexiya bilan bahs olib bordi.

Turkiya-Gruziya bahsi 3:1 hisobida turklarning foydasiga hal bo‘ldi. Dastlab 25-daqiqada Mert Myuldyur hisobni ochgan bo‘lsa, 32-daqiqada Jorj Mikautadze hisobni tenglashtirdi. 65-daqiqada Arda Guler va 90+7 daqiqada Muhammad Karim Aktyurkoglu tomonidan kiritilgan to‘plar yakunda Turkiyaga Yevro-2024'dagi dastlabki 3 ochkoni keltirdi.

Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi esa musobaqani qiyin g‘alaba bilan boshladi. Chexiyaga qarshi o‘yinda dastlab chexlardan Lukash Provod hisobni ochdi, 69-daqiqada esa Robin Granach o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 90+2 daqiqada Fransishku Konseysau g‘alaba to‘pini kiritdi va Portugaliya turnirning dastlabki turida muhim 3 ochkoga ega chiqdi.

Shunday qilib, 1-turdan keyin Turkiya “F” guruhida peshqadamlik qilmoqda. To‘plar nisbatiga ko‘ra, Portugaliya 2-o‘rinni band etgan. 22 iyun kuni Portugaliya va Turkiya guruh g‘olibligi uchun o‘zaro kuch sinashadi. O‘yin soat 21:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Portugaliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing