Yevro-2024: Politsiya uch nafar Angliya muxlisini hibsga oldi

Sport

image

Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahri politsiyasi futbol bo‘yicha Yevropa chempionatida Daniya bilan o‘yin oldidan angliyalik uch nafar muxlisni hibsga oldi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bir muxlis maydonga shisha uloqtirgani uchun, ikkinchisi politsiyachini haqorat qilgani, uchinchisi esa pirotexnika va giyohvand moddalar saqlagani uchun qo‘lga olingan.

Angliya va Daniya terma jamoalari o‘rtasidagi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvi 20 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi. O‘yin Frankfurt-Mayn shahrida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Yevropa chempionati o‘yinlarida muxlislarning nomaqbul xatti-harakatlari uchun Albaniya futbol federatsiyasi va Serbiya futbol ittifoqini jarimaga tortgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya politsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing