Yevro-2024 ochilish o‘yiniga hakam tayinlandi

Sport

image

Germaniya va Shotlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi Yevro-2024 ochilish o‘yinida fransiyalik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bu haqda UEFA rasmiy saytida xabar berdi.

Uchrashuvning bosh hakami etib Kleman Tyurpen tayinlangan bo‘lib, unga qanotlarda Nikolya Dano va Benjamen Peyj yordam beradi. Jerom Brisard VAR tizimida ishlaydi, unga Villi Delaja va italiyalik Massimiliano Irrati yordam beradi. 

Germaniya - Shotlandiya o‘yini 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 23:55 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Yevro-2024 14 iyundan 14 iyulga qadar Germaniyaning 10 ta shahrida bo‘lib o‘tadi. Fransiya terma jamoasi musobaqaning amaldagi g‘olibi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Kleman Tyurpen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing