Yevro-2024: Bugun Portugaliya Turkiyaga qarshi maydonga tushadi

Sport

image

Bugun, 22 iyun kuni futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining 2-tur o‘yinlari yakunlanadi. Tur doirasida “E” guruhida 1 ta, “F” guruhida esa 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.

“E” guruhida Ruminiya-Belgiya bilan kuch sinashadi. Mazkur bahsdagi g‘alaba Ruminiyani muddatidan avval pley-offga olib chiqadi. Belgiya esa mag‘lubiyatga uchrasa, turnir bilan xayrlashadi.

“F” guruhida turning markaziy o‘yinlaridan biri bo‘lib o‘tadi. Mazkur guruhning 2 ta favorit jamoasi Portugaliya va Turkiya o‘zaro hisob-kitob qilib oladi. Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Chexiya va Gruziya kuch sinashadi.

Ma’lumot uchun, Gruziya-Chexiya o‘yini 18:00 da, Turkiya-Portugaliya bahsi esa 21:00 da boshlanadi. “E” guruhidagi o‘yin esa 23:55 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Portugaliya Evropa chempionati Bel'giya Ruminiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing