Yevro-2024: Bugun Portugaliya chorak final yo‘llanmasi uchun kurashadi

Sport

image

Bugun, 1 iyul kuni futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining nimchorak final o‘yinlari davom ettiriladi. Mazkur bosqichda Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi Sloveniya bilan bahs olib borsa, ikkinchi o‘yinda Fransiya va Belgiya o‘zaro hisob-kitob qilib oladi. 

Hozirga qadar nimchorak finalning 4 ta o‘yini bo‘lib o‘tdi. Yana 4 ta o‘yindan keyin mazkur bosqich yakunlanadi. 

E’tiborlisi, Portugaliya-Sloveniya va Fransiya-Belgiya juftliklari g‘olibi chorak finalda o‘zaro to‘qnash keladi.

Ma’lumot uchun, Fransiya-Belgiya o‘yini Toshkent vaqti bilan 21:00 da, Portugaliya-Sloveniya o‘yini esa 23:55 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Portugaliya Evropa chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing