Yettinchi Starship uchirilishi muvaffaqiyatsiz tugadi

Texnologiya

image

Tarixdagi eng kuchli va eng og‘ir raketa Starship'ning yettinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda kecha, 16 yanvar kuni SpaceX dasturchisi xabar berdi.

Bildirilishicha, yuqori bosqich portlagan, pastki qismi yerga qaytgan. Raketa Texasning Boka-Chika shahridagi uchirish maydonidan uchirilgan.

Super Heavy'ning qayta foydalanish mumkin bo‘lgan birinchi bosqichi kemani orbitaga olib chiqdi, shundan so‘ng u Yerga qaytib, uchirish maydonchasiga qo‘ndi. Yuqori bosqich osmonda ajralib chiqdi va barcha oltita Raptor  dvigatellari yondi. Ammo keyin kema bilan aloqa uzilib, u halokatga uchradi.

"Ajratilgandan so‘ng, Starship'ning yuqori bosqichi barcha oltita Raptor dvigatelini muvaffaqiyatli yoqdi va kosmosga ko‘tarilish uchun tayyorlandi. Uchirish tugashidan oldin, parvozga taxminan 8,5 daqiqa qolganida, undan telemetriya yo‘qoldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kemaning orqa qismida yong‘in kelib chiqib, uning tez va rejasiz qulab tushishiga sabab bo‘lgan, vayronalar Atlantika okeaniga tushgan", deyiladi milliarder Ilon Maskka tegishli SpaceX kompaniyasi bayonotida.

Qayd etilishicha, SpaceX hozirdanoq halokat sabablarini o‘rganib, sakkizinchi uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bizda kema dvigatelining xavfsizlik devori ustidagi bo‘shliqda kislorod/yoqilg‘i sizib chiqqan. Shamollatish quvvatidan oshib ketadigan bosim hosil qilish uchun yetarlicha katta edi. Oqishlarni aniq ikki marta tekshirishdan tashqari, biz bu hajmga yong‘inni o‘chirishni qo‘shamiz va ehtimol shamollatish maydonini oshiramiz", deb izoh berdi Mask.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sakkizinchi uchirish yaqin oyda bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Starship – tarixdagi eng katta va eng kuchli raketa. SpaceX ma’lumotlariga ko‘ra, kema odamlar va yuklarni Yerning past orbitasiga, Oy va Marsga yetkaza oladi. Tizimning umumiy taxminiy yuk ko‘tarish quvvati 150 tonnani tashkil qiladi. Qayta foydalanish mumkin bo‘lgan Starship tizimi 70 metrli Super Heavy birinchi bosqich va qo‘shimcha dvigatellarga ega 50 metrlik Starship kosmik kemasidan iborat.


Maqola muallifi

Teglar

SpaceX Starship

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing