Yetti viloyat soliq boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan 7 ta viloyat soliq boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda bugun, 10 avgust kuni Davlat soliq xizmati xabar berdi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Rustamovich Yo‘ldoshev bo‘ldi. Bunga qadar u Soliq qo‘mitasining Soliq qarzini undirishni tashkil qilish departamenti direktori lavozimida ishlagan.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasida Aloviddin Husniddinovich Inog‘omov rahbar bo‘lib ish boshladi. Tayinlovgacha Inog‘omov Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

Andijon viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib Lochinbek Inomidinovich Qurbonov tayinlandi.  U Andijon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajarib kelayotgan edi.

Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimini Sirojiddin Tog‘aymurodovich Eshmatov egalladi. Tayinlovgacha u Soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari bo‘lgan.

Shuningdek, quyidagilar:

  • Maqsud Mahmudovich Mamatxonov Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i;
  • Shuhratali Toyirovich Imomov Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i;
  • Ulug‘bek Aktamovich Hatamov Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistondagi 26 ta soliq idorasi rahbarlari vazifasidan ozod qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov soliq boshqarmaci

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing