Yetti oyda qancha o‘zbekistonlik qizlar xorijliklarga turmushga chiqqani ochiqlandi
Jamiyat
−
17 avgust 2021
17861FHDYO organlari tomonidan 2021 yilning yanvar-iyul oylarida 2 113 nafar O‘zbekiston fuqarolari va chet ellik fuqarolar o‘rtasida nikoh qayd qilingan. Bu haqda davlat xizmatlari agentligi ma’lum qildi.
Shundan, 1 272 nafar o‘zbekistonlik qizlar xorijiy mamlakat fuqarosi bo‘lgan kuyovlarga turmushga berildi hamda 937 nafar xorijiy mamlakat fuqarosi bo‘lgan chet ellik qizlar yurtimizga kelin qilib olindi.
Xorijlik kuyovlarning ko‘pchiligi Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Koreya Respublikasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari va boshqa mamlakat fuqarolari bo‘lib, kelinlarning ko‘pchiligi Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Gruziya, Ozarbayjon mamlakatlari fuqarolarini tashkil etdi.
FHDYO organlari tomonidan 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida 143 555ta nikoh qayd etildi. Eng ko‘p nikoh Samarqand viloyatida (16 680 ta) va eng kam nikoh Sirdaryo viloyatida (3 667ta) ro‘yxatga olindi.
Eng ko‘p quda-andalik rishtalarini bog‘lagan hududlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati hisoblanib, jami 1 517 ta holatda ikki qo‘shni hududlar o‘rtasida nikoh qayd etilgan. Shuningdek, ro‘yxatda keyingi o‘rinlarni Sirdaryo va Jizzax viloyatlari (519ta), Samarqand va Jizzax viloyatlari (460ta) egallagan.
LiveBarchasi