YeTTB va Milliy banki o‘rtasida milliy valyutada vakillik hisob varag‘i ochiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 10 iyun kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda tomonlar bank tizimini isloh qilish va rivojlantirishda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

YeTTB tomonidan bank tizimida bir qator qo‘shimcha chora-tadbirlar va islohotlar amalga oshirilishi, jumladan, tizimda sog‘lom raqobatni kuchaytirish uchun zarur hisoblangan davlat va xususiy banklar uchun bir xil va teng sharoit yaratish hamda davlat dasturlarini moliyalashtirishning muqobil manbalarini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, YeTTB vakillari O‘zbekiston bank tizimining joriy holati va uni isloh qilishdagi ustuvor vazifalar bo‘yicha o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdilar. YeTTB prezidenti bank tizimidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini hamda bu borada zarur ko‘mak taqdim etishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

Uchrashuvdan so‘ng O‘zbekistonda YeTTB loyihalarini keng qamrab olish va hajmini oshirish maqsadida YeTTB va Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki o‘rtasida milliy valyutada vakillik hisob varag‘ini ochish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank ETTB Suma Chakrabarti

Baholaganlar

1

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing