YeTTB prezidenti O‘zbekistonga keldi
Jamiyat
−
16 noyabr 2022
5643Ayni daqiqalarda "Ko‘ksaroy" qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisi hamda YeI va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Samarqand konferensiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
O‘zbekiston va YeTTB o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holati va samarali sheriklikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqilmoqda.
YeTTBning davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy qilish borasidagi tajriba va bilimlaridan foydalanish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va uy-joy kommunal xo‘jalik sohalarida yangi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash masalalari muhokama qilinmoqda.
LiveBarchasi