Şavkat Mirziyoyev YeTTB prezidenti bilan uçraşdi
Jamiyat
−
22:59 313 1 daqiqa
Bugun, 10 noyabr kuni Antaliya şahrida bölib ötayotgan COP31 sammiti doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, muloqot çoğida uşbu yetakçi moliyaviy institut bilan strategik şeriklikni yanada kengaytirişning amaliy jihatlari körib çiqilgan.
Özbekiston olti yildan buyon YeTTBning mintaqadagi eng yirik moliyaviy hamkori bölib kelmoqda. Loyihalar portfeli 7 milliard dollardan, 2025 yilda amaliyotlar hajmi ilk bor 1 milliard dollardan oşgan.

Bankning “yaşil iqtisodiyot”ni rivojlantirişga qöşayotgan hissasi yuqori baholangan. Uning mamlakatga kiritgan sarmoyalarining qariyb 60 foizi uşbu yönalişdagi loyihalar hissasiga töğri keladi.
Kelgusi yil uçun hamkorlikning elektr infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, qişloq xöjaligi va oziq-ovqat tarmoqlarini rivojlantiriş, bank sohasida xususiylaştirişni amalga oşiriş, Toşkent xalqaro moliya markazini işga tuşiriş hamda davlat-xususiy şeriklik loyihalarini ilgari suriş kabi ustuvor yönalişlari belgilab olingan.
2027 yilda Xorijlik investorlar kengaşining navbatdagi yiğilişini ötkazişga tayyorgarlik köriş masalalari ham muhokama qilingan.
Live
Barchasi