Estoniya 19 sentyabrdan rossiyaliklarning kirishini taqiqlaydi
Olam
−
08 Sentabr 2022
424519 sentyabrdan boshlab Estoniya hukumati Shengen vizasini qaysi davlat bergan bo‘lishidan qat’i nazar, Rossiya fuqarolarining kirishini to‘xtatadi. Bu haqda bugun, 8 sentyabr kuni mamlakat Tashqi ishlar vaziri Urmas Reynsalu Vazirlar Mahkamasining YouTube kanalida efirga uzatilgan hukumat matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“19 sentyabr kuni soat 00:00 dan boshlab, qaysi davlat Shengen vizasi berganidan qat’i nazar, Rossiya Federatsiyasi fuqarolari uchun Estoniyaga tashqi chegaralar orqali kirishni taqiqlash kuchga kiradi. Rossiya fuqarolariga chaqiriq: Estoniyaga kelmang, bu yerda baxtli bo‘lmaysiz”, deydi TIV rahbari.
Uning eslatishicha, bu choralar mamlakatga qarindoshlari bilan uchrashish va boshqa gumanitar sabablarga ko‘ra tashrif buyurgan rossiyaliklarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Avvalroq Estoniya Bosh vaziri Kaja Kallas yana uch davlat – Latviya, Litva va Polsha rossiyaliklarning kirishiga cheklov qo‘yish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.
6 sentyabr kuni Yevrokomissiya (YeK) Rossiya bilan vizani soddalashtirish bo‘yicha kelishuvni butunlay to‘xtatish taklifini ma’qulladi. Uning umid qilishicha, bu qaror YeI Kengashi tomonidan tasdiqlanadi va 12 sentyabrgacha kuchga kiradi. Kutilishicha, vizalar narxi va ularni rasmiylashtirish muddatlari sezilarli darajada oshishi, turistik maqsadlarda vizalar berish konsulliklarning so‘nggi ustuvor yo‘nalishiga aylanishi kutilmoqda.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 7 sentyabr kuni Sharqiy iqtisodiy forumning yalpi majlisida Rossiya fuqarolariga nisbatan viza cheklovlariga “tupurish” bilan javob berishga arzimasligini ta’kidladi. Davlat rahbari, shuningdek, turistik guruhlarning Rossiya Federatsiyasiga vizasiz kirishi amaliyotini kengaytirishni taklif qildi va bu faqat foyda keltirishini qayd etdi. Boshqa davlatlar bilan viza rejimi masalalarida, Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya “o‘zaro munosabatlarga yopishib qolmasligi” kerak.