Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi 

Sport

image

Joriy yilning 27 fevral – 15 mart kunlari o‘tkaziladigan yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati Iordaniya poytaxti Amman shahrida o‘tkaziladi. Bu haqda Osiyo boks konfederatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, bellashuvlar ikki yosh toifasida, shuningdek yigitlar va qizlar o‘rtasida tashkil etiladi. 

Yosh charm qo‘lqop ustalari ishtirokidagi bahslar 2004-2005, o‘smirlar bellashuvlari esa 2006-2007 yillarda tug‘ilgan bokschilar o‘rtasida o‘tkaziladi. 

Eslatib o‘tamiz, 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati joriy yilning 20-30 yanvar kunlari Toshkent shahrida tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning 8-14 dekabr kunlari boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilgan edi. Unda ilk marta erkaklar 13, qizlar esa 11 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun ringga ko‘tarildi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Boks Amman

Baholaganlar

15

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing